
Musaevning jamoasi elitadagi o‘rnini saqlab qoldi
Unda hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi quyi liga vakili "Tokio Verdi"ga qarshi bahs olib bordi. Ivatadagi "Yamaxa" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Musaev bugun zaxirada qoldi. Shu tariqa "Jubilo Ivata" elitadagi o‘rnini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Fozil Musaev Ektor Kuper tomonidan Turkiyada o‘tadigan yig‘in uchun milliy terma jamoaga jalb etilgan edi.
O‘tish o‘yini
"Jubilo Ivata" - "Tokio Verdi" 2:0
Gollar: Ogava (41 penaltidan), Taguchi (80 penaltidan).
Fikrlar