
Modrich 36 yoshli Srnani Xorvatiya terma jamoasiga qaytishga chaqirdi
Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi xavbeki Luka Modrich “Kalyari” himoyachisi Dario Srnani yana terma jamoaga qaytishga chaqirdi. Bu haqda Sportske Novosti nashri xabar bermoqda.
Modrichning so‘zlariga ko‘ra 36 yoshli futbolchi o‘tish davrida Xorvatiya terma jamoasiga yordam berishi kerak. Ta’kidlash kerakki, Xorvatiya terma jamoasining aksariyat himoyachilari ayni damda jarohati sabab safdan chiqishgan.
Ma’lumot uchun, Srna terma jamoa safida 2002-2016 yillarda to‘p surgan va jami 134ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar