
Millatlar ligasi. Ukraina Slovakiyadan ustun keldi
Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
79-daqiqada uchrashuv bosh hakami Anastasios Sidiropulos Mil Shkrinyarning o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol o‘ynagani sabab, Slovakiya terma jamoasi darvozasiga penalti belgiladi.
11 metrli jarima zarbasini esa Andrey Yarmolenko aniq amalga oshirdi. Ukraina o‘z ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va turnir jadvalida etakchiga aylandi.
Millatlar ligasi. 2-tur
Ukraina – Slovakiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 80, penalti Yarmolenko.
Ukraina – Pyatov, Rakitskiy, Matvienko, Burda, Karavaev, Malinovskiy (Zinchenko, 71), Stepanenko (Sidorchuk, 86), Marlos, Konoplyanka (Tsygankov, 78), Yarmolenko, Yaremchuk.
Slovakiya – Dubravka, Shkrtel, Gubochan, Shkrinyar, Shatka, Gamshik, Lobotka, Vayss (Rusnak, 70), Kutska (Gregush, 78), Mak, Nemets (Duda, 65).
Ogohlantirishlar Gubochan (16), Konoplyanka (64), Duda (74), Sidorchuk (90).
Fikrlar