
"Milan" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yaqindagina “kanonirlar” safidan ketib “rossonerilar” tarkibida ish boshlagan “Milan”ning yangi ijrochi direktori Ivan Gazidis ushbu transferni amalga oshirishda katta rol o‘ynashi mumkin. Qolaversa, gabonlik futbolchining o‘zi ham Milanga qaytishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Obameyang 2007-2011 yillarda "Milan" a’zosi sifatida to‘p surgan. Biroq, o‘tgan vaqt mobaynida “rossonerilar”ning asosiy tarkibida birorta ham uchrashuvda ishtirok etmagan.
Fikrlar