
Messi La Ligada to‘purarlik bo‘yicha yaqqol peshqadam
Ispaniya chempionati 26-turidan keyin “Barselona” etakchisi Lionel Messi to‘purarlik borasida yaqqol peshqadamga aylandi.
Messi so‘nggi turda “Selta”ga qarshi (5:0) o‘yinda 2 ta gol urgandi. Bundan tashqari, u 2 ta golga hammualliflik qildi. Ayni vaqtda uning hisobida jami 23 ta gol bor.
Keyingi o‘rinlarni Luis Suares (20), Krishtianu Ronaldu (18), Yago Aspas (14) va Antuan Grizmann (12) band qilgan.
Fikrlar