
Messi "Barselona"da Inestaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi yaqindagina Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Andres Inestaning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbol yulduzi Inestaning “Barselona”dagi o‘rnida Miralem Pyanich (“Yuventus”), Adrian Rabo (PSJ) va Marko Verratti (PSJ) kabi futbolchilardan birini ko‘rmoqchi.
Messining fikricha kataloniyaliklar rahbariyati jamoaga Inesta darajasidagi futbolchini olib kelishi shart.
Fikrlar