
Matyuidi bugun Frantsiya terma jamoasiga yordam berolmaydi
Turinning "Yuventus" klubi xavbeki Blez Matyuidi Islandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida Frantsiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli futbolchi sog‘ligi borasida biroz noqulaylik his qila boshlagan va shu bois ham murabbiylar shtabi unga dam berishga qaror qilishgan.
Ma’lumot uchun, Frantsiya - Islandiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar