
Matich: Mourino "Manchester Siti"ni qanday to‘xtatishni biladi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich APL 12-turida "Manchester Siti" bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.
– Men og‘ir o‘yinni kutyapman. "Manchester Siti" – juda yaxshi jamoa. Ular yaxshi futbol namoyish etmoqda va har bir uchrashuvda ko‘plab gollar urmoqda. MYuning ham o‘ziga yarasha yaxshi tomonlari bor. Biz bundan foydalanishimiz kerak.
– Biz "Manchester Siti"ni hujumda to‘xtatishimiz kerak. Mourino ularni qanday to‘xtatishni biladi. "Yunayted" o‘yinga tayyor. Derbida barchasi mumkin, – deydi Matich.
"Manchester Siti" Gvardiola boshchiligida APL bahslarida "Yunayted"ni biror marta yutmagan. (2017 yil 0:0 aprelda va 2018 yil aprelda 2:3).
Fikrlar