"Manor" tezkor poygachi qidirmoqda

CHERY AUTO
 
 
"Formula-1" poygalarining yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalarning barchasi bo‘lajak bellashuvlarda bolidlarni boshqaradigan pilotlar bilan shartnoma imzolab bo‘ldi.
 
Faqatgina "Manor"  jamoasi o‘z tarkibiga birorta poygachini jalb qila olgani yo‘q. Ayni paytda bu jamoa to‘rt nafar pilot bilan muzokara olib bormoqda.
 
"Manor" rahbarlari o‘z bolidlarini Esteban Guterres, Felipe Nasr, Rio Xaryanto va Jastin King kabi tezkor poygachilarga topshirmoqchi. Yakunlangan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Paskal Verlyan bu yil o‘z mahoratini "Zauber" bolidlarida ko‘rsatadi.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!