
"Manchester Yunayted"ning 3 nafar futbolchisi bugun "Fulxem"ga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi
"Manchester Yunayted" klubining birdaniga uch nafar futbolchisi bugun APLning 16-turidan o‘rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Kris Smolling, Fil Jons va Antoni Marsyal bugungi uchrashuvda mankuanliklarga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Fulxem" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar