
"Manchester Yunayted"ni boshqarish uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi
Yaqinda Joze Mourinoni iste’foga chiqargan “Manchester Yunayted” uning o‘rniga munosib nomzoj qidirishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tish kerakki, MYuni mavsum so‘nggiga qadar Ole-Gunnar Sulsher boshqarib turadi. The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Chelsi”ning sobiq ustozi Antonio Konte “Old Trafford”da ishlash variantiga qiziqish bildira boshlagan. Aytish lozimki, u “Chelsi”da aynan Mourinoning o‘rnini egallagan va debyut mavsumidayoq Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari italiyalik mutaxassisning MYu etakchisi Pol Pogba bilan ham munosabatlari a’lo darajada. Ular o‘zaro “Yuventus”da birga faoliyat olib borishgan.
Eslatib o‘tamiz, mankuanliklar rahbariyati ushbu lavozimga shuningdek Zinedin Zidan, Maurisio Pochettino va Massimiliano Allegri kabi mutaxassislarning nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar