
"Manchester Siti" "yangi Kroos"ni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Manchester Siti" Xorvatiyaning "Xayduk" klubi yarim himoyachisi Ante Palaversa bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “shaharliklar” “yangi Kroos” deya e’tirof etilayotgan 18 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun 8 mln evro to‘lashlagan. Endi Palaversa mavsumni "Xayduk"da yakunlaydi. Bundan tashqari u yana bir mavsum ijara asosida o‘sha jamoada qolishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Palaversa joriy mavsum "Xayduk" safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar