
"Manchester Siti" ijarada yurgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Siti" klubi o‘zining frantsiyalik himoyachisi Eliakim Mangalyaga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra yangi kelishuv 28 yoshli futbolchi bilan 2020 yilning yoziga qadar tuziladi.
Ma’lumot uchun, Mangalya “Manchester Siti” safiga 2014 yil “Portu”dan kelib qo‘shilgan edi. Bu borada u “Valensiya”da (2016/17) bir mavsum ijarada to‘p surdi. U joriy mavsumni ham ijara asosida “Everton” safida o‘tkazmoqda. Biroq, u mavsum boshida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etib, so‘ngra jiddiy jarohat oldi.
Fikrlar