Makgregor UFC bilan MMA tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi

CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor promoushen bilan yangi shartnomani imzoladi, deya xabar berali ESPN nashri. Unga ko‘ra, tomonlar 8 ta jang o‘tkazadi.

Tecno

Shartnoma shartlari hozircha oshkor qilinmayotir, ammo UFC prezidenti Dana Uayt Makgregorning shartnomasi MMA tarixidagi eng yirik kelishuv ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

– Konor Makgregor bilan shartnoma imzolash qiyin emas, chunki biz uning qancha turishini bilamiz, – deydi UFC prezidenti.

Kelishuvdagi ilk jang engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘ladi. Xabib va Konor jangi UFC 229 turnirining asosiy to‘qnashuvi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!