MYu va "Atletiko" Perishich uchun kurash boshladi

  • 23 yanvar, 2019, 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich ikki grand klubning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun “Manchester Yunayted” va “Atletiko” klublari kurash boshlashdi. Biroq, har ikkala jamoa ham hozircha Perishichning transferi borasida “neradzurralar”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Perishich “Inter” safiga 2015 yil 19 mln evro evaziga “Volfsburg” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum milanliklar safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!