
“MYu” Roxo va Ibragimovichning jarohati jiddiy ekanligi haqidagi xabarni tasdiqladi
Avval xabar berganimizdek, UEFA Evropa ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Anderlext” jamoalari uchrashuvida “qizil iblislar”ning ikki nafar futbolchisi jiddiy jarohat olishgan edi.
Hujumchi Zlatan Ibragimovich va himoyachi Markos Roxolarning olgan jarohatlari yakunda haqiqatdan ham o‘ta jiddiy bo‘lib chiqdi. Bu xabarni mankuanliklar ham rasman tasdiqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala futbolchi uchun mavsum yakunlandi. Ularning to‘liq sog‘ayib ketishlari uchun qancha vaqt talab etilishi esa tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum Angliya premer-ligasining 28ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi. Roxo esa APLning 21ta bahsida maydonga tushgan.
Fikrlar