MYu Reshfordni tarkibda saqlab qolish uchun uning maoshini oshirmoqchi

  • 18 yanvar, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘zining iste’dodli hujumchisi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 21 yoshli futbolchisiga “Real” va “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lganidan xavotirga tushishmoqda. Shu bois MYu rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilib, yillik maoshini 8,8 mln evrogacha ko‘tarmoqchi.

Ma’lumot uchun, Reshford asli “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “qizil iblislar” safida jami 149ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 40ta gol va 23ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!