"MYu" "Bavariya" kabi raqiblarning kuchli futbolchisini yo‘ldan urmaydi

  • 5 fevral, 2017, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya premer-ligasida raqiblarning eng kuchli futbolchilarini olib bo‘lmasligini ta’kidladi. Germaniya chempionatida "Bavariya" aynan shunday yo‘l bilan o‘z mavqeini saqlab turibdi.

- Angliya futbolida yangi bosqich boshlangan, - dedi Joze Mourino. - Bu er Germaniya emas. Bundesligada "Bavariya" mavsum boshlanmay turib chempion bo‘ladi. Myunxenliklar har yili Dortmundga kelib "Borussiya"ning eng zo‘r o‘yinchilarini olib ketadi. Robert Levandoski, Mario Gyottse va Mats Xummels transferlari bunga misol.

Shuningdek, Mourino Germaniyadan boshqa chempionatlarda transfer siyosati o‘zgarib ketganini va transfer bozorida ishlash murakkab jarayonga aylanganini ta’kidladi.

- Men "Tottenxem"ga borib, ularning ikki eng zo‘r o‘yinchisini olib kelolmayman, - dedi Joze Mourino. - "Arsenal" va "Chelsi" ham eng zo‘r futbolchilarini bermaydi. Angliyada transferlar orqali raqibni kuchsizlantirolmaysiz. Ular kimnidir trasfer qilishga rozi bo‘lsa, demak u o‘yinchi endi kerak bo‘lmay qolgan bo‘ladi. Albatta, "Real", "Barselona" va PSJ o‘zlari istagan futbolchini transfer qilmoqda.

Bundesliganing aksariyat murabbiylari "Bavariya"ni raqiblarning etakchilarini o‘z tomoniga og‘idirib olishda ayblaydi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!