
Loris: "Real" - faqat Ronaldu degani emas
Londonning “Tottenxem” klubi darvozaboni Ugo Loris bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu – hayratlanarli futbolchi. Jamoa bilan birgalashib uni to‘xtatib qolishga harakat qilamiz. Biroq, “Real” bu faqatgina Ronaldu degani emas”,- deydi frantsiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida boshlanadi.
Fikrlar