
Lomachenko keyingi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
WBA va WBO chempioni Vasiliy Lomachenko keyingi jangini keyingi yil 12 aprel kuni o‘tkazishi mumkin. Top Rank nashrining xabar berishicha, bellashuv Los-Anjelesning "Staples Center" markazida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik bokschining keyingi maqsadi IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritishdir.
Eslatib o‘tamiz, Lomachenko 9 dekabr kuni Xose Pedrasani mag‘lub etib WBO chempioniga aylandi.
Fikrlar