"Liverpul" etakchisining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 oktabr, 2018, 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner bir oy jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli futbolchi noyabr oyining boshlariga safga qaytishi kutilmoqda. Shu tariqa u “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun,  Milner joriy mavsum “Liverpul” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!