“Liverpul” Ronalduni qanday qilib to‘xtatishi mumkin?

  • 26 may, 2018, 17:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bugun chempionlar ligasi finalini yutishni istasa, ular avvalo madridliklarning asosiy figurasi Krishtianu Ronalduni o‘yindan chiqarib tashlash orqali yuz beradi.

Tecno

“Real” yulduzi bir vaqtlardagidek hamma kuchni o‘zida birlashtirmagan bo‘lishi mumkin. U 33 ni “urib qo‘ygani”, jarohatlar olgani va avvalgidek “jallod” bo‘lmasligi mumkin, ammo Kievdagi finalda u baribir “qaymoqranglilar”ning asosiy quroli bo‘lib qoladi.

Ronaldu chempionlar ligasida 15 gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida karvonboshilik qilmoqda. U so‘nggi besh mavsumda musobaqaning “Oltin butsa”sini yutib kelmoqda va oltinchisiga ham oz qoldi.

Faqatgina Iker Kasilyas chempionlar ligasi doirasida undan ko‘p uchrashuv o‘tkazgan. U o‘zi o‘ynagan to‘rt finalning uchtasida gol urishga erishgan. Bunday ko‘rsatkichga musobaqa tarixida boshqa birortasi erisha olmagan.

Xullas, chempionlar ligasi bu – unga atalgan turnir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xo‘sh, Kloppning “Liverpul”i uni qanday qilib to‘xtata oladi?

“Siz undan to‘pni olib qo‘yish orqali to‘xtata olasiz” – degan edi “qizillar”ning sobiq himoyachisi Mark Lourenson. Eng oson yo‘li shu va bu haqiqatga ancha yaqin. Chunki 2018-yilgi Ronaldu 2009 yoki 2014-yilda Ronalduning versiyalaridan ancha farq qiladi.

2005-yilda chempionlar ligasini Rafa Benites bilan yutgan yordamchi murabbiy Pako Aysteran ham bunga to‘liq qo‘shiladi.

“Ronalduni to‘xtatish uchun unga paslar etkazadigan futbolchilarni to‘xtatish lozim. Siz unga to‘p etib kelishiga imkon qoldirmasligingiz shart. Bu degani yarim himoya yaxshi pozitsiyada joylashishi kerak. Ular to‘p yo‘qotilganida unga borib tushadishan yo‘llarni berkitishingiz darkor.”

Grem Saunessga ko‘ra, Ronaldu “jarima maydonchasidan tashqarida kengroq o‘ynamoqda va 12 oy oldingi saviyasiga yaqin kelolmaydi”. Ammo statistika buning aksini ko‘rsatmoqda. Ronaldu o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq gollar urgan. La Ligada har 89-daqiqada gol urayotgan bo‘lsa, chempionlar ligasida bunday ko‘rsatkich 72 ga teng.

“Jarima maydonchasidan tashqarida kengroq o‘ynash” argumenti ham noto‘g‘ri. Ronaldu bu mavsumda hali biror marta ham jarima maydoncha tashqarisidan turib gol urolmagan. Ko‘pchilik uchun kengroq o‘yin namoyish qilayotgandek, biroq u hamon an’anaviy to‘qqizlik vazifasini bajarmoqda. “Bavariya”ga qarshi yarim final bahsigacha portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasining har bir uchrashuvida maydonni golsiz tark etmagan. Yoshi o‘tishiga qaramay, u hamon o‘yinni o‘zgartira olish qobiliyatini saqlab qolmoqda.

“Liverpul” uchun eng muhimi diqqatni jamlash bo‘ladi. Ronaldu 90 daqiqa ingliz klubi himoyachilariga rahna solmasligi mumkin. Ammo unga qarshi e’tiborsizlikni bo‘shashtirish yaxshi variant emas. “Qizillar” uni ko‘zdan qochirmasligi zarur.

“Liverpul” yarim himoyasi – Jordan Xenderson, Veynaldum va Jeyms Milnerlar qattiq mehnat qilishi va kengroq o‘yin namoyish qilishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, qanotlardagi – Saloh va Sadio Manelar ham himoyalanishda yordam berishlari hayotiy ahamiyat kasb etishi muqarrar. Eng yaxshi “himoyaviy hujumchi” Firmino ham Ronalduni ajoyib paslar bilan ta’minlab turuvchi Luka Modrich va Toni Krooslarning ta’sirini yo‘qqa chiqarishda ishtirok etishi ahamiyat kasb etadi. Barchasi oddiy vazifadek, ammo Kievda ular buni qanchalik uddalay olishini finaldan so‘ng bilib olamiz.

Erkin G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!