“Liverpul” Alisson uchun “Roma”ga 65 mln evro taklif qildi

  • 12 iyul, 2018, 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” klubi hamon “Roma” darvozaboni Alissonni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 25 yoshli braziliyalik posbon uchun “bo‘rilar”ga 60 mln evro hamda unga qo‘shimcha yana 5 mln evro bonus taklif qilishgan. 

Ta’kidlash kerakki, garchi Alissonga “Chelsi” va “Real” kabi jamoalar ham qiziqish bildirishayotgan bo‘lishsada, futbolchi uchun “Roma”ga kelib tushgan eng yaxshi taklif hozircha aynan “Liverpul”niki bo‘lib turibdi. Ammo, rimliklar Alissonni 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!