
Legionerlarimiz. Galiulinda gol, Davlatov xamon qaydnomada yo‘q
Bugun Rossiya Birinchi divizionida 34-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Vagiz Galiulin to‘p tepadigan “Tosno” klubi bu turda “Spartak-2” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qizg‘in va qo‘polliklarga boy tarzda o‘tgan bellashuvda tomonlar murosa ko‘chasini “tanlashdi” – 1:1. E’tiborlisi, uchrashuvda 90 daqiqa harakatlangan Galiulin o‘yinning 21-daqiqasida hisobni ochgan edi. Ammo uning jamoasiga g‘alabani saqlab qolish nasib etmadi. Galiulin esa 74-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Bobur Davlatov faoliyat olib borayotgan “Nefteximik” esa bu tur “Shinnik”ka mag‘lub bo‘ldi – 1:2. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilgani yo‘q.
Rossiya Birinchi divizioni. 34-tur
“Tosno” – “Spartak-2” 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 21 Vagiz Galiulin, 1:1 – 82 Davydov.
Shinnik – Nefteximik 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 21 Evseev, 2:0 – 37 Zemskov, 2:1 – 60 Mullin.
Fikrlar