Legionerlarimiz. Bugun Axmedov, Azizov, Geynrix va Musaevlarning jamoalari o‘ynaydi

  • 31 may, 2017, 09:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar ligasida chorak finalning so‘nggi ishtirokchilari aniqlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” jamoasi safarda “Jiangsu Suning” klubiga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda shanxayliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Tecno

Alisher Azizov faoliyat olib boradigan Qirg‘izistonning “Oloy” jamoasi esa OFK kubogi doirasida “Oloy” klubi mehmoni bo‘ladi.

Bugun shuningdek, Aleksandr Geynrix to‘p suradigan “Ordabasi” xamda Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” klublari ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Mazkur o‘yinlarning natijasini birinchilar qatorida SPORTS.uz saytida kuzatib boring.

15.00 “Jubilo Ivata” – “Omiya Aridja”(Fozil Musaev)

15.00 “Oloy” – “Dordoy”(Alisher Azizov)

17.00 “Jiangsu Sunin” – “Shanxay SIPG”(Odil Axmedov)

17.00 “Ordabasi” – “Irtish”(Aleksandr Geynrix).

Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!