
Legionerlar: Bobur Davlatov jamoasi Turkiyadagi yig‘inni yakunladi
Hamyurtimiz Bobur Davlatov to‘p tepadigan “Nefteximik” Turkiyadagi ikkinchi yig‘inini yakunladi. Bugun nijnekamskliklar yig‘in doirasida so‘nggi uchrashuvni Makedoniyaning “Akademiya” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.
Ushbu bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bobur Davlatov ushbu bahsda ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va uchrashuv oxiriga qadar harakat qildi.
Qayd etish joiz, Davlatov jamoasi ertaga Rossiyaga qaytib ketadi va bir necha kundan so‘ng, tayyorgarlikning uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaga qaytadi.
Fikrlar