
Kroos: "Real" Ronaldusiz ham o‘z o‘rnini saqlab qola oladi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o‘tib ketgan jamoa uchun jiddiy yo‘qotish ekanligini, ammo shunga qaramay “Real” baribir yuqori o‘rinda qolishini aytib o‘tdi.
“Krishtianu biz uchun juda ham muhim edi. Boisi, har mavsumda 50tadan gol uradigan futbolchining o‘rniga munosib o‘yinchi topish judayam mushkul. U bizning yutuqlarimizni ta’minlovchi asosiy futbolchi edi, ammo “Real” usiz ham o‘zining yuqori o‘rnida qolishiga ishonaman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, besh karra “Oltin to‘p” sohibi 9 yillik faoliyatidan so‘ng “Real”ni tark etgan edi.
Fikrlar