
Kroos: Grizmann kuchli uchlikka kirishga munosib edi
Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasi xavbeki Toni Kroos "Atletiko"ning frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmann FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha kuchli uchlikka kirishga haqli ekanligi haqida gapirdi.
“Albatta, Grizmann FIFA talqini bo‘yicha dunyoning eng kuchli futbolchilari uchligiga kirishi kerak edi. U Jahon chempionati va Evropa ligasida g‘olib bo‘ldi. Lekin men shaxsiy sovrinlarni yoqtirmayman. Futbol – bu jamoaviy o‘yin”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bu borada yakuniy uchlikka Muhammad Saloh, Luka Modrich va Krishtianu Ronaldular kirdi.
Fikrlar