
Kroos: Germaniya terma jamoasida irqchilik yo‘q, buni O‘zil ham yaxshi biladi
Germaniya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yaqindagina Bundestimdan ketganini e’lon qilgan Mesut O‘zil haqida gapirib o‘tdi.
“O‘zil Germaniya terma jamoasi uchun halol o‘ynadi. Uzoq yil u bilan birga o‘ynagan inson sifatida aytishim mumkinki, u yaxshi yigit. Lekin, uning Germaniya terma jamoasidan ketishi noto‘g‘ri qaror edi. Terma jamoa ichida irqchilik yo‘qligini O‘zilning o‘zi ham yaxshi biladi”, - deydi Kroos.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli O‘zil Turkiya prezidenti bilan birga suratga tushgach ko‘plab tanqidlarga uchradi. Yakunda esa tanqidlarga chiday olmay terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Fikrlar