
Kosovo termasi rasmiy o‘yinlardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bu Kosovo termasi tarixidagi rasmiy o‘yinlarda qayd etilgan dastlabki g‘alaba bo‘ldi. Bunga qadar ular JCh-2018 saralash bosqichidagi 9 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan va bir uchrashuvda durang qayd etishgan edi.
Millatlar ligasi 1-turida ham Ozarbayjonga qarshi kechgan bellashuv ham nursiz durang bilan nihoyasiga etgan edi.
Kosovo o‘rtoqlik o‘yinlarida Madagaskar, Burkina-Faso va Albaniyani mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi.
Fikrlar