
Konte kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi
Italiyalik mashhur murabbiy Antonio Konte o‘zining kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Meni yozgacha birorta klubda ko‘rmaysizlar. “Inter” bilan muzokaralar o‘tkazmadim, bu shunchaki mish-mish xolos. Men barcha takliflarni xotirjam ko‘rib chiqaman”, - deydi Konte.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Milan", "Inter", "Roma", "Manchester Yunayted" va "Real" kabi klublar Kontega qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning so‘nggi ish joyi esa Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgandi.
Fikrlar