
Konte "Real"ga katta talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi
El Pais tarqatgan axborotga ko‘ra, Konte madridliklardan yiliga 10 mln evro maosh, uzoq va himoyalangan shartnoma va besh kishilik murabbiylar shtabi so‘ragan. Shuningdek, jamoani kuchaytirish uchun transferlar borasida erkinlikni ham Florentino Peresdan talab qilgan.
Natijada esa "qirollik klubi" rahbariyati italiyalik mutaxassis variantidan voz kechdi va vaqtincha murabbiy vazifasini bajaruvchi etib, Santyago Solarini taklif etdi.
Fikrlar