
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
Kecha "River Pleyt" Libertadores kubogini qo‘lga kiritgach Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.
Shu tariqa bu yilgi musobaqada Evropadan "Real" (Ispaniya), Afrikadan "Esperans" (Tunis), Shimoliy Amerikadan "Gvadalaxara" (Meksika), Osiyodan "Kashima Antlers" (Yaponiya), Okeaniyadan "Tim Vellington" (Yangi Zelandiya) va mezbon BAAdan "Al-Ayn" ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir joriy yilning 12 dekabridan 22 dekabrigacha Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar