Klaudio Raneri: Mourino va Konte futbolning yuragi

  • 22 dekabr, 2018, 07:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fulxem” bosh murabbiyi Klaudio Raneri yaqinda “Manchester Yunayted”dan haydalgan Joze Mourinoning tez orada ishga qaytishini istamoqda.

Tecno

Men Mourino singari insonlarning tez orada futbolga qaytishi tarafdoriman. Shuningdek, bu so‘zni Antonio Kontega nisbatan ham ishlatsam bo‘ladi. Bu murabbiylar futbolning yuragi. Ular o‘zlari ishlagan har bir chempionatda g‘olib chiqishgan. Barchaga ularning ishlarini kuzatish qiziqarli bo‘lsa kerak, – deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Mourino faoliyati davomida Portugaliya chempioni (2 marta), Angliya (3 marta), Italiya (2 marta) va Ispaniya chempioniga aylangan.

Antonio Konte hisobida 3 marta ketma-ket Italiya chempionligi va 2016/17 mavsumda APL chempionligi bor. Italiyalik mutaxassis o‘tgan yozda “Chelsi”dan iste’foga chiqarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!