
Karolin Voznyatski chap oyog‘ini cho‘zib oldi
"Western & Southern Open" turnirida daniyalik tennischi Karolin Voznyatski ikkinchi davradagi uchrashuvni oxiriga qadar kurasha olmadi.
Karolin Tsintsinnatida o‘tayotgan musobaqaning mazkur bosqichida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqdi. Unda Voznyatski birinchi setni 4:6 hisobida boy berib qo‘ydi. Biroq u ikkinchi set boshlanish arafasida chap oyog‘ida og‘riq sezdi va o‘yinni davom ettira olmasligi haqida xabar berdi.
Shu tariqa Kiki g‘alaba qozondi va uchinchi davrada estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar