Karlos Teves: Madridda maydonga tushish g‘alati bo‘ladi

  • 7 dekabr, 2018, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves “River Pleyt”ga qarshi Libertadores kubogi javob finalini "Santyago Bernabeu"da o‘tkazilishini qattiq tanqid qildi.

“Bu futbolchilar uchun emas, muxlislar uchun sharmandalik. Ular tarixiy finalni o‘z vatanimizda o‘tkazish imkoniyatidan bizni mahrum qilishdi. Biz uchun Madridda maydonga tushish g‘alati bo‘ladi. Lekin eng muhimi biz bu uchrashuvda nimalar bo‘lishiga ko‘proq e’tiborimizni qaratishimiz lozim”, - deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, muxlislarning “Boka Xuniors” avtobusiga hujum qilishi oqibatida qoldirilgan "River Pleyt" - "Boka Xuniors" o‘yini 9 dekabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobida durang qayd etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!