
"Kardiff Siti" "Liverpul"ning ajoyib seriyasiga barham berdi
"Ajdarlar" bugungi o‘yinda garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsalarda, "qizillar"ning quruq seriyasiga barham bera olishdi.
"Kardiff" futbolchisi Kallum Paterson tomonidan kiritilgan gol "Liverpul"ning "Enfild"dagi uchrashuvlardagi quruq seriyasiga nuqta qo‘ydi. Mersisaydliklarning mazkur seriyasi 918 daqiqa davom etdi.
Bundan oldin so‘nggi marta Yurgen Klopp jamoasi "Enfild"da fevral oyida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan edi.
Fikrlar