
KK-2017. Ronaldusiz qolgan Portugaliya Meksikani engib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Hozirgina Moskva shahridagi “Spartak” stadionida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining 3-o‘rni uchun bo‘lib o‘tgan Meksika hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan uchrashuv 2:1 hisobida portugaliyalik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Portugaliya – Meksika – 2:1 (0:0)
Gollar: Pepe 90+1, Adrien Silva 104 (pen) - Netu 54 (avt)
Amalga oshirilmagan penalti: Andre Silva 17 (vratar)
Portugaliya: Patrisiu, Pepe, Elizeu, Semedu, Netu, Pitstsi (Vilyam Karvalo 90), Danilu (Gomesh 82), Nani (Kuarejma 70), Moutino (Adrien Silva 82), Martinsh, Andre Silva.
Meksika: Ochoa, Markes (Fabian 105), Moreno, Layun, Guardado (X. Dos Santos 80), Reyes, Errera, Vela, Arauxo, Peralta (Losano 61), Chicharito (Ximenes 85).
Ogohlantirishlar: Markes 16, Semedu 26, Ximenes 94, Moreno 98.
Chetlatishlar: Semedu 106, Ximenes 112.
Bosh hakam: Faxad Al-Mirdasi.
Eslatib o‘tamiz, Chili hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Konfederatsiyalar kubogining final uchrashuvi bugun "Sankt-Peterburg Arena"da Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi
Fikrlar