
Jerar Deulofeu: Endi "Barselona"ga qaytmayman, chunki u erda menga ishonishmaydi
Ayni damda Angliyaning "Uotford" klubida to‘p surayotgn vinger Jerar Deulofeu kelajakda "Barselona"ga qaytish istagi yo‘qligini aytdi.
“Men “Barsa” safida 2 marta o‘ynadim va hech narsaga erishmadim. Shu bois men yana bir bor u erda omadimni sinab ko‘rishni istamayman. Men u erga qaytmayman. Bunday jamoada o‘ynash juda qiyn. U erda senga imkon berishmaydi va ishonishmaydi”, - deydi Deulofeu.
Ma’lumot uchun, Deulofeu “Barselona” safida ikki marta – 2011-2015 hamda 2017-18 yillarda to‘p surdi va umumiy hisobda bor yo‘g‘i 23ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar