Javohir Sidiqov: Osiyo Kubogiga katta maqsadlar bilan kelganmiz

  • 14 yanvar, 2019, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Turkmanistonga qarshi o‘yinda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan Javohir Sidiqov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Dastlabki ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilganimizdan juda xursandmiz. Yaponiyaga qarshi o‘yinda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Turkmanistonga qarshi o‘yin men uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur uchrashuvda milliy terma jamoa tarkibidagi ilk golimni urishga muvaffaq bo‘ldim. Bu men uchun tarixiy kun bo‘lib qoladi. Endi gollarim sonini oshirib borishga harakat qilaman. 

Turkmanistonga qarshi o‘yinda gol urgan futbolchilarning barchasi 25 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar. Ya’ni biz yosh avlod vakillarimiz. Tajribali futbolchilar bilan yonma-yon to‘p surib, ko‘p narsani o‘rganyapmiz. Maqsadimiz, kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ko‘plab g‘alabalarga erishish, Vatanimiz jamoasi sharafini munosib himoya qilish.

Biz Osiyo Kubogiga katta maqsadlar bilan kelganmiz. Ana shu maqsad yo‘lida bor kuchimizni sarflashga tayyormiz", - deb aytib o‘tdi Javohir Sidiqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
OBID
14/01/2019 19:32
O'ZBEKISTON FAQAT OMAD FAQAT GOL
&
Yahyobek
14/01/2019 13:39
Омад
&
Лео Месси
14/01/2019 13:34
Шу мақсадни амалга ошириш ҳам керак...мақсадни ҳаёлида олиб юриш керак эмас