
Jardim tez orada "Monako"dan iste’foga chiqariladi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim o‘z lavozimidan ozod etilishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Romen Molina xabar tarqatmoqda.
“Menga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Jardim tez orada “Monako” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqariladi. Klub uning o‘rniga murabbiy izlashni boshlab yuborgan”, - deb yozadi Molina o‘z tvitter sahifasida.
Ta’kidlash kerakki, Jardim boshchiligidagi “Monako” mavsumda juda yomon boshladi. Ular ortda qolgan 12ta bahsning bor yo‘g‘i 1tasida g‘alaba qozonishdi holos. Monakoliklar Frantsiya chempionatida 18-pog‘onani band etib turishibdi.
Fikrlar