Jahon kubogi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘zbek chavandozi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi

CHERY AUTO

 

Tecno

Kecha ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Jahon kubogi Markaziy Osiyo ligasining Gran-Pri II bosqich bellashuvlarida hamyurtimiz Oqil Sobirjonov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

G‘olib sportchimizni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi xodimlari, sportchining yaqinlari va OAV xodimlari jam bo‘lishdi.

Oqil Sobirjonov Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etishi uchun Markaziy Osiyo ligasi Gran-Prining uch bosqichi yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ochko jamg‘arishi lozim.

«Qirg‘izistondagi musobaqa keyingi yil bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogiga yo‘llanma qo‘lga kiritish yo‘lida ahamiyatli edi. Ushbu musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan ham sportchilar ishtirok etishdi. Xudo xohlasa Olma-Ota shahridagi musobaqada ham g‘alaba qozonib, final bosqichida ishtirok etaman.

Qirg‘izistondagi musobaqada raqobat kuchli bo‘ldi. U erga qatnashchi mamlakatlarning eng yaxshi chavandozlari borishdi. Ushbu musobaqada g‘alaba qozona olganimdan xursandman», – dedi Oqil Sobirjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!