JCh-2018: Bokschilarimizning bugungi raqiblari bilan tanishing

  • 25 avgust, 2018, 08:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati-2018 turnirining beshinchi kungi bellashuvlarida ikki nafar og‘ir vaznli bokschilarimiz o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Tecno

Kunduzgi bellashuvlarda Jamshid Maxamadaliev chorak final uchun kechadigan jangda ukrainalik Kirilo Stoianchevni sinovdan o‘tkazadi. Bu qarama-qarshilik g‘olibi yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan to‘qnashuvda polshalik Oskar Koperaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Kechki dasturdan o‘rin olgan janglarda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog‘aymurodov boshqa bir ukrainalik bokschi Marat Grigoryan bilan kuch sinashadi. G‘olib bokschi chorak finalga yo‘l oladi.

Kunduzgi dastur

+91 kg: Jamshid Maxamadaliev (O‘zbekiston) – Kirilo Stoianchev (Ukarina)

Kechki dastur

-91 kg: Javohir Tog‘aymurodov (O‘zbekiston) – Marat Grigoryan (Ukarina)

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan janglarning barchasida vakillarimiz g‘alaba qozonishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!