
Iqboljon Xoldorov va Hasanboy Do‘smatov Moskvadagi boks kechasida ringga ko‘tarilishadi
Joriy yilning 9 dekabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Rossiya terma jamoasi Jahon terma jamoalari bokschilariga qarshi bahs yuritishadi.
E’tiborlisi, jahon terma jamoasi safida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ringga ko‘tariladi. Aniqrog‘i, shu kuni andijonlik bokschilarimiz Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorovlar bahs yuritishadi. Janglar uch daqiqadan besh raundgacha davom etadi.
Shu kuni quyidagi juftliklar o‘zaro kurash olib borishadi:
-57 kg Albert Batirgaziev (Rossiya) - Chatchai Budti (Tailand);
-69 kg Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston);
-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osli Iglesias Estrada (Kuba);
-63 kg:Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston);
-81 kg: Imam Xataev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba);
-52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston);
+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Karti Tomas (Irlandiya);
-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba).
Fikrlar