
"Inter" himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Inter" klubi himoyachisi Joao Miranda jarohat olib safdan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli braziliyalik futbolchi kecha A Seriyaning “Fiorentina”ga qarshi bahsda chap oyoq tovon qismidan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi esa hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Miranda joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 3ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar