"Inter" himoyachisi faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin

  • 29 yanvar, 2019, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Joao Miranda joriy qishki transferlar yakuniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, u joriy mavsum “neradzurrilar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda. Milanliklar ham uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Miranda joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!