"Inter" PSJ darvozabonini ko‘zlamoqda

  • 9 noyabr, 2018, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi darvozaboni Alfons Areolya faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik posbonga "Inter" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. Ta’kidlash kerakki, “neradzurrilar” o‘zining asosiy darvozaboni Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborishgan.

O‘z navbatida PSJga Buffon kelgach Areolya ham asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Areolya joriy mavsum parijliklar safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 4tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!