
"Inter" Ikardiga yangi shartnoma taklif qildi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati o‘zining to‘purar hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnomani uzaytirishdan umidini uzmayapti.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli argentinalik futbolchi uchun 4 yillik shartnoma va yiliga 6,5 mln evro (+bonus) maosh taklif qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi “Inter”dan yiliga 7,5 mln evro maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlash kerakki, muzokaralar atrofidagi mojarolar sabab Ikardi sardordik bog‘ichidan mahrum etilgan edi.
Fikrlar