
Inesta: Kelajakda o‘zimni murabbiy sifatida ko‘ryapman
Ayni damda faoliyatini Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi safida davom ettirayotgan ispaniyalik mashhur futbolchi Andres Inesta kelajak rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Kelajakda bizni nimalar kutayotganini bilmayman. Qachondir “Barselona”ni boshqarish istagim yo‘q ham deya olmayman. Lekin, hozir bu haqda o‘ylayapman deb ham ayta olmayman. Bir narsa aniqki, men kun kelib o‘zimni murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqchiman. Ammo, ko‘ramiz faoliyatimni yakunlagach meni nimalar kutayotgan ekan”, - deydi Inesta.
Fikrlar