Ikardining keyingi “bekati” qaer bo‘lishi mumkin? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 18 fevral, 2019, 09:36
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Inter” sardorlik bog‘ichidan ayrilgan Mauro Ikardining kelajagi yana muhokamalar mavzusiga aylanib qoldi. Argentinalik hujumchi 2015-yildan beri “neradzurrilar”ga sardorlik qilib kelayotgandi. Biroq hafta boshida Luchano Spaletti bundan buyon darvozabon Samir Xandanovich jamoa sardori bo‘lishini aytdi.

Tecno

Ikardining amaldagi shartnomasi 2021-yilda o‘z nihoyasiga etadi, ammo yangi shartnoma bo‘yicha uning agenti va xotini Vanda Nara bilan yakuniy qarorga kela olmayotgan klub sardorlik bog‘ichini Xandanovichga berishni ma’qul topdi. Klubning ijrochi direktori Juzeppe Marotta va sport ishlari bo‘yicha direktori Pero Auzilo klub qarorini etkazishda hozir bo‘lishgan. Ammo futbolchi Spalettining so‘zlariga ko‘ra “o‘zini qo‘pol tarzda tutgan”.

Natijada Ikardi payshanba kuni “Rapid”ga qarshi Evropa Ligasi doirasidagi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan. Futbolchi keyinroq Instagramdagi sahifasida kelajagiga doir jumboqli post qoldirgan.

Agarda ziddiyatlar yanada kuchayib ketadigan bo‘lsa, munosabatar uzilishi va uning kelajagi boshqa jamoda davom etishi bilan tugashi mumkin. Bunday holatda “Barsa” sobiq tarbiyalanuvchisining keyingi “bekati” qaer bo‘lishi mumkin?

Orzu

“Barselona”

Ernesto Valverde o‘tgan oyda Munir El Xaddadi bilan xayrlashganidan keyingi boshqa markaziy hujumchini olib kelish istagida ekanligi sir emas.

Kataloniyaliklar yanvar oyida Kevin-Prins Boatengni olib kelib barchani hayratga soldi. Barchani Evropa “kundaligi”dan tushib qolgan futbolchining xizmatlariga kimsan “Barsa” qiziqqani taajjublantirdi.

Ochig‘ini aytganda 31 yoshli futbolchi yoshi o‘tib borayotgan Luis Suaresga o‘rinbosar sifatida “Sassuolo”dan olib kelingani yo‘q. Shu tufayli Valverde kelayotgan yozda transfer bozorida “to‘qqizlik” izlashi tabiiy. 9 yil oldin “ko‘k-anorranglilar”ni tark etgan futbolchining ortga qaytishi haqiqiy ertak bo‘ladi.

24 yoshli hujumchi “La Masiya”ni 2011-yilda iqtidorli futbolchi sifatida “Sampdoriya” safiga borib qo‘shilishi ham ko‘pchilikni ajablantirgandi.

O‘shandan keyin u yanada chaqnadi, ammo “ko‘k-anorranglilar” bilan tugallanmagan ishi bor. Janubiy amerikalik hamkasbi Suaresning o‘rnini munosib tarzda to‘ldirishi mumkin.

“Real Madrid”

Har bir transfer bozorida Ikardining katta pullar evaziga “qaymoqranglilar” safiga o‘tishi tilga olinadi. Uning ayni vaqtda milanliklar bilan bo‘lgan ziddiyati buni yana qayta namoyon qildi.

Boz ustiga, o‘tgan yozda Krishtianu Ronaldudek etakchisidan ayrilgan madridliklar yozda yangi etakchi qidirib topishga majbur.

O‘tgan yozda “Real” yangi “galaktika” qurishni istamadi. Yoki Azar kabi birorta muhim transferni ham amalga oshirmadi. Ammo Karim Benzemaning “qayta tug‘ilishi” “Real”ning yangi hujumchi qidirish shashtini qaytardi.

Peres doim Benzemaning eng muhim muxlisi bo‘lib kelgan. Yaqinda u frantsuz futbolchisini “dunyoning eng yaxshi hujumchisi” deb atadi. Shu tufayli Ikardining istalgan vaqtda poytaxt jamoasiga kelish varianti tushib ketgan. Ammo Benzema “gullagan davrida” emas. Shu bois Peres ham vaziyatni tushungan holda Ikardining transferiga qo‘l urishi mumkin.

Haqiqat

“Chelsi”

“Chelsi” so‘nggi yillarda markaziy hujumchi masalasida ancha qiynaldi. Alvaro Morata va Olive Jirular uzoq muddatlik variant bo‘la olishmadi.

Yaqinda londonliklar safini to‘ldirgan Gonsalo Iguain esa 31 yoshda. Kelasi mavsumda “ko‘klar” unga ham yangi raqobatchilar olib kelishni o‘ylayotgan bo‘lsa ajabmas.

“Chelsi”ning Ikardi transferi bo‘yicha qarori yozda jamoa murabbiyi kim bo‘lishiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Agarda Mauritsio Sarri “rul boshqaruvi”da qolsa Ikardining kelish imkoniyati ortadi.

Ikardi darvoza qarshisida haqiqiy “jallod”ga aylanadi. U londonliklarning asosiy muammosini hal qilishi mumkin. Sarri jamoasiga aynan shu jabha etishmayapti.

“Yuventus”

“Keksa sinora” o‘tgan yozda Ikardiga qiziqqan edi. Ammo katta pullar evaziga Krishtianu Ronalduni olib kelganidan keyin o‘z fikrini qayta o‘ylab ko‘rdi.

“Yuventus”ning sport ishlari bo‘yicha direktori Fabio Paratichi asosiy raqibidan Ikardini olib kelish katta dramaga aylanishini ta’kidladi. Biroq A Seriya chempionlari o‘z qiziqishiga yana qaytishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Italiyalik jurnalist Valter De Madjioning so‘zlariga ko‘ra, “Ikardi allaqachon “Yuventus” bilan kelishuvga erishgan.” Massimiliano Allegri portugaliyalik superyulduzini o‘zi moslashgan qanotga o‘tkazib, Ikardini markazda o‘ynatishni istab qolishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 10:06
анжанлик йигитни гапида жон бор
Anjanlik
18/02/2019 09:41
ikardi birinchi navbatda xotini bilan ajrawiwi kerak
&
darwesh
18/02/2019 23:58
Унда гол уролмайдида. Хамма голларни каерда тренировка килади деб уйлайсиз?
Journalist Gaybullayev
18/02/2019 16:03
Bizdan ko'proq narsani bilasizlar-e, omadingizni bersin